Server Yangilanmoqda • Rebuilding v6.0

Kirame GO ilovasi qayta qurilmoqda

Server infratuzilmasi va mobil kassa tizimi eng so'nggi standartlar asosida tubdan yangilanmoqda. Yangi avlod GO ilovasi tezroq, qulayroq va har qanday sharoitda uzluksiz ishlash imkonini beradi.

Texnik yangilanish davom etmoqda: Hozirda eski GO WebView seanslari to'xtatildi. Barcha do'kon boshqaruvi, kassa va hisobotlar to'liq faoliyat ko'rsatayotgan Aura Web Portal orqali mavjud.
Yangi imkoniyatlar (Rebuilding doirasida)

1. Qisman Offline ishlay olish (Offline-first POS)

Internet aloqasi uzilib qolgan paytda ham kassa to'xtamaydi. Xaridlar mahalliy xotirada saqlanadi va internet paydo bo'lishi bilan bulutga avtomatik sinxronlashadi.

2. Filiallar tarmog'ini markazlashgan boshqaruv

Bir nechta savdo nuqtasi va filiallar kassa jarayonlarini, qoldiqlarini va tovar harakatini yagona boshqaruv tizimidan kuzatish.

3. Bluetooth & Wi-Fi chek printerlari integratsiyasi

Simsiz 58mm va 80mm ESC/POS termal printerlarga to'g'ridan-to'g'ri ulanish va har bir savdoda tezkor chek chiqarish.

4. Smart AI ombor tahlili va avto-buyurtma

Sotuv sur'atini hisoblab, omborda qaysi tovarlar tugayotganini oldindan prognoz qilish va yetkazib beruvchilarga buyurtma shakllantirish.

5. Xodimlar smenasi va Z-hisobot nazorati

Kassir smenasini ochish va yopish, naqd, karta va AuraCard tushumlarini Z-hisobot asosida to'liq nazorat qilish.

6. Real vaqt telemetriyasi va Telegram xabarnomalar

Har bir savdo amaliyoti, kassa balansi va kunlik jami natijalar rahbarning shaxsiy Telegram profiliga lahzada yuboriladi.